✅ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B.Sadikova tomonidan tumandagi Imom Ota mahallasidagi 2-son oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
✍️ O‘rganish davomida poliklinika binosi ta’mirga muhtoj ekani, shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasi talab darajasida emasligi aniqlandi.
❇️ Mazkur holat aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgani ta’kidlandi.
✅ Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, poliklinikani ta’mirlash va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va ko‘rsatmalar berildi.
📈Mazkur masala doimiy nazoratga olindi.