Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Charxin mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi

✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F. Turayev tomonidan Charxin mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi.

✅Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar asosan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi biznes boshlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga qaratildi.

✅ Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, shuningdek tadbirkorlikni boshlash uchun zarur bo‘lgan huquqiy va amaliy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✅Murojaatlarning ijrosini ta’minlash hamda ularni amaliy yechimga yo‘naltirish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1