Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Chinoz tumani.Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.

Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zXDP partiyasidan 25-Amir Temur okrugidan saylangan deputat A.Arslanov nomidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Bаxramov tomonidan tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi. Jumladan, ta’lim muassasasidagi sport zallari, ularda mavjud sport anjomlari, shuningdek, ularning jihozlanish darajasi va texnik holati tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida sport zallaridan samarali foydalanish, mavjud anjomlarni saqlash va yangilash, o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5