Янгиликлар

Deputat so‘rovi

🖊Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 14-okrug deputati Z.Nazarov tuman  Zangiota tumani elektr taʼminoti korxonasi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yubordi.

🖊Unda  aholini elektr energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash, shuningdek, sovuq kunlarda elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish xususan,“Nazarbek” mahallasida joylashgan “Birlik” va “Oq
uy” shoh ko‘chalari elektr ta’minoti infratuzilmasidagi mavjud muammolar bayon etilgan.

🖊Jumladan, mazkur ko‘chalarda ayrim elektr ustunlarining qiyshaygan holatda ekanligi hamda mavjud transformatorning quvvati aholi ehtiyojini to‘liq qoplash uchun yetarli emasligi ta'kidlanib, muammolarning bartaraf etilishi yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan.

Slide 1 of 3