Янгиликлар

Deputatlik so‘rovi yuborildi

13-saylov okrugi deputati A. Kudayberganova tomonidan Zangiota tumani hokimining qurilish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. Inagamovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovida “Farobiy”, “M. M. Xorazmiy”, “Axilobod” va “Nazarbek” mahallalari hududida daydi itlarning nazoratsiz yurishi, ayniqsa, yosh bolalar hamda maktab o‘quvchilariga tashlanishi va aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani masalasi ko‘tarilgan.

Deputat aholidan ushbu muammo yuzasidan kelib tushayotgan shikoyatlar soni ortib borayotgani, daydi itlarni tutish brigadasi faoliyati esa kutilgan natijani bermayotganini ta’kidlagan.

Shu munosabat bilan mas’ul rahbardan mavjud muammoni bartaraf etish, aholi, xususan, bolalar va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan aniq va samarali choralar ko‘rish, amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida ma’lumot berish so‘ralgan.

Slide 1 of 3