Asosiy maqsad — oilalar bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va ijtimoiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish.
♻️Zangiota tumani 6-okrug deputati T.Xolikov “Madaniyat” mahallasida mahalla faollari bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar holatini o‘rgandi.
♻️O‘rganish davomida Artikova Tursinoyning oilaviy daromadini oshirish maqsadida uni uy mehnati asosida kooperatsiyaga jalb etish taklifi bildirildi.
♻️Shuningdek, Burxonova Ozodaning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilib, u rasmiy ishga joylashtirildi. Uning turmush o‘rtog‘iga ham doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun rasmiy ish taklif etildi.