Янгиликлар

TIBBIYOT MUASSASASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

TIBBIYOT MUASSASASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev tomonidan o‘zi saylangan Uchqizil MFY hududidagi tibbiyot muassasasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.

O‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 17-bandi ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.

Jarayon davomida tibbiyot muassasasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish, saqlash va o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududning sanitariya va obodonlashtirish holatiga e’tibor qaratilib, chiqindilarni muntazam ravishda olib chiqish hamda sanitariya talablariga rioya etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4