O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli “O‘zbekiston mahallalarida aholi bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosini o‘rganish maqsadida tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova tomonidan “Ramadon” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
♻️O‘rganish davomida mahalla raisi faoliyati tahlil qilinib, hududda aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
♻️Shuningdek, mahallada oilaviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda aholi daromadlarini oshirish borasidagi ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.