35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Qabul

Zangiota tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Erkin Rustamov o‘z saylov okrugiga qarashli Amir Temur mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

✅Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdi. Fuqarolarning hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlari atroflicha tinglandi.

✅Samimiy muloqot tarzida o‘tgan qabulda har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashilib, muammolarni imkon qadar joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifalar berildi.

✅Qabulda ko‘tarilgan masalalarning ijrosi nazoratga olinib, fuqarolar murojaatlarida ilgari surilgan takliflarni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5