35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputat_faoliyati

📚 Yangi o‘quv yili — quvonch va ezgu niyatlar bilan boshlandi!

📚Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Rustamov va K.Mamurovalar tumandagi 14-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarni 1-sentabr — Bilimlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdilar.

📚Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘quvchilar va ustoz-murabbiylarga yo‘llangan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, maktablarda yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.                                                

✨Deputatlar va boshqa mehmonlar 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilariga davlatimiz rahbari nimadan Prezident sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdilar hamda ularga ilm olish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.                      

Slide 1 of 6