Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Turg‘unovga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri G.Tursunova tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash holati o‘rganildi.
🔰Jarayonda ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash, tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅Ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi, jumladan:
• ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish samaradorligini oshirish;
• kasbga o‘qitilgan fuqarolarning keyingi bandligini tizimli nazorat qilish;
• ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam yangilab borish;
• aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari bilan manzilli ishlashni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.