Obod mahalla — farovon hayot garovi!
♻️ 14-okrug deputati Nazarov Zafar mahalla raisi va xodimlari bilan hamkorlikda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida hamda Mustaqillik bayrami arafasida xayrli tashabbusni amalga oshirdi.
🌿 Nazarbek MFY hududida tashkil etilgan hasharda deputat faol ishtirok etib, mahalla ko‘chalari va hududini tozalash, obodonlashtirish hamda ko‘rkamlashtirish ishlariga o‘z hissasini qo‘shdi.
✅Bunday ezgu tashabbuslar mahallada hamjihatlik muhitini mustahkamlash, aholi yashash hududlarini yanada obod va fayzli qilishga xizmat qilmoqda.