35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputat_nazarati

Tuman hokimining qabulida bo‘lib, o‘zining ijtimoiy muammolarini bayon etgan fuqaroning murojaati tegishli tartibda o‘rganildi. Murojaatda ko‘tarilgan masalalarga oydinlik kiritish maqsadida tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova hamda XDP tuman Kengashi raisi N. To‘laganova “Ramadon” mahallasiga bordilar.
🔰O‘rganish jarayonida mahalla ijtimoiy xodimi va hokim yordamchilari ham ishtirok etib, fuqaroning yashash sharoiti, ijtimoiy holati va murojaatida ko‘tarilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.Masalaga faqat hujjatlar asosida emas, balki fuqaroning xonadon holati va mavjud ehtiyojlarini bevosita o‘rganish orqali yondashildi.

♻️Fuqaroning muammolari tinglanib, ularni hal etishning mavjud imkoniyatlari muhokama qilindi. Mas’ullarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, fuqaroga zarur ko‘makni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4