Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda deputat D.Egamqulova tomonidan A.Navoiy mahallasida profilaktika inspektori bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda muammoli oilalar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.
Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, mahallada osoyishtalik va xavfsiz muhitni ta’minlash borasida hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.