🇺🇿 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va Mustaqillik bayramini munosib kutib olish masalalari muhokama qilindi
🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 18-«Xumor» saylov okrugidan saylangan deputati Samanov O‘ktam Rustamovich tashabbusi bilan mahalla yettiligi, nuroniylar hamda maktab jamoasi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
🔹 Yig‘ilishda maktabni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
🤝 Belgilangan vazifalarni hamjihatlikda amalga oshirish, maktab va mahalla hududini yanada obod qilish hamda bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.