Янгиликлар

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining VII chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining VII chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyani xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi Maxmud Tangriberganov boshqarib bordi.

Sessiyada tumanda yoshlar bandligini ta’minlash, Prezidentning PQ-410-son qarori ijrosi, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari, “Dolzarb 90 kun” dasturi, “Yashil bog‘” tashkil etish, “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish hamda amaldagi Kengash qaroriga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokama qilindi.

Sessiya yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.                                           

Slide 1 of 1