Янгиликлар

#Deputat_nazarati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Rajapova Feruza Xojiakbarovna tomonidan Zangiota tumani A.Temur mahallasida ekologik holat va aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, sanitariya-ekologik holatni yaxshilash hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilar to‘planishining oldini olish hamda hudud ozodaligini saqlash yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.   

Slide 1 of 4