Янгиликлар

O‘rganish

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan 2026-yil uchun “Open budjet” dasturi asosida “Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 0,3 gektar yer maydoni ajratish masalasi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🌿O‘rganish jarayonida hudud deputati A. Saydaxmedov, kotibiyat mudiri G. Tursunova hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi tuman bo‘limi inspektori ishtirok etdilar.
🌿 “Turkiston” mahallasi hududida “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish uchun taklif etilayotgan yer maydoni ko‘zdan kechirildi. Yer uchastkasining joylashuvi, ekologik holati, mavjud infratuzilmaga yaqinligi hamda loyiha talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
🌿O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu yer maydoni hududda yashovchi aholi uchun yashil hudud tashkil etish va obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishga xizmat qilishi, loyiha maqsadlariga mos kelishi qayd etildi.

Slide 1 of 10