Янгиликлар

#Deputat_nazarati Tashabbusli budjet” amalda: yana bir nechta ko‘chalarga asfalt yotqizildi

           O‘rganish davomida deputat “Tashabbusli budjet” (Open Budget) loyihasi doirasida g‘olib chiqqan hamda mablag‘ ajratilgan Hamzaxon Kamolov  va  Inoyat Shomurov nomli ko‘chalarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

         Aholining hamjihatligi va faolligi tufayli golib topilgan mazkur loyiha doirasida ushbu ko‘chalarning jami 3,6 kilometrlik qismi to‘liq asfaltlashtirilib, foydalanishga topshirildi.

         Deputat qurilish ishlarining borishi, yo‘l chetlarining holati hamda asfalt qoplamasining sifatini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish yakunida deputat mahalla faollari bilan suhbatlashib, bajarilgan ishlar sifati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Slide 1 of 4