Янгиликлар

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʼzov hamda 22-Ehson saylov okrugidan deputat A.Mardonov bilan birgalikda  Vobkent tumanidagi Gʻaribshox oilaviy shifokorlik punktida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda bepul berilishi belgilangan dori-darmon vositalarining mavjudligi va aholiga yetkazib berilish holati oʻrganildi.

🔍Oʻrganish davomida tibbiyot xodimlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati, navbatlar tizimi, dori vositalarining saqlanish sharoiti hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

❓Mazkur oʻrganish jarayonida ayrim yoʻnalishlarda mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi.

Slide 1 of 4