📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 8-Shovot saylov okrugidan saylangan deputat, “Adolat” SDP a’zosi Yusupova Feruza Shuxratovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Ro‘zmetov tomonidan Zamondosh mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganilmoqda.
💡 O‘rganish davomida Zamondosh mahallasi Al-Xorazmiy ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish zarurligi aholi tomonidan bildirildi.
🤝 Mazkur masala tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘riladi.