📍 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati D.Egamqulova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Kenjayevlar tomonidan A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada kambag‘allik reestriga kiritilgan 47 ta oilada 18 nafar ishsizlar borligi, ularni ish bilan ta’minlashda reja asosida ishlar amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Bundan tashqari avgust oyida 2 ta oilaga tadbirkorlik bilan shug׃ullanishlari uchun imtiyozli kredit olishga ko‘maklashilgan.
Deputat tomonidan mahalladagi hokim yordamchisiga kambag‘allikni qisartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi