35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

💧 DEPUTATLIK AMALIY YORDAMI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, Dosova Gulxumar Kuranbayevna tomonidan tumandagi Asavey hamda Qupyop mahallalari hududida istiqomat qiluvchi aholining tomorqa yerlarini sug‘orish bilan bog‘liq suv muammosi o‘rganildi.
🤝 Mazkur masalani hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilib, aholining tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minoti muammosi ijobiy hal etildi.
📌 O‘rganish va muammoni bartaraf etish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ham ishtirok etdi.
✅ Deputatlik amaliy yordami — aholi muammosini joyida o‘rganish va uning ijobiy yechimini ta’minlashdir.

Slide 1 of 2