📌 Deputat so‘rovi nima?
Deputat o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga asoslantirilgan tushuntirish yoki o‘z nuqtayi nazarini bayon qilishni so‘rab deputat so‘rovi yuborishga haqli.
🔎 Asosiy maqsad:
— hududdagi muammolarni o‘rganish;
— mas’ullardan aniq javob olish;
— muammolarni hal etishga ko‘maklashish;
— deputatlik nazoratini amalga oshirish.
🤝 Deputat so‘rovi — aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga erishishning muhim vositasidir.
📖 Huquqiy asos:
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari to‘g‘risida”gi Qonun.