35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Chashma” mahallasida aholi bandligi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini o‘rganishga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.O‘rganishlar davomida mahalla yoshlar yetakchisi O.Qobulova tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, amalga oshirilgan ishlar hamda o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan
ma’lumot berildi.Ta’kidlanganidek, joriy yil boshidan buyon 15 nafar yoshning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, avtomototransport
vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kurslari xarajatlarini qoplab berish yo‘nalishida ham tegishli ishlar amalga oshirilgan. Mazkur yo‘nalishda 1 nafar yoshning o‘quv kursida tahsil olayotgani qayd etildi.Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning bandligini ta’minlash maqsadida 2 nafar yoshga jami 100 million so‘mlik imtiyozli kredit olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlar hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida 1 nafar yosh viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani qayd etildi.Bundan tashqari, 4 nafar yoshni kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli yo‘llanmalar berilgan. Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida esa 1 nafar yosh safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tashi uchun belgilangan tartibda yo‘naltirilgan.O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mavjud muammolarni “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda manzilli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 3