35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Deputat tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-jadval asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Xususan, “Aziz tepa” ko‘chasi 22-uyda yashovchi fuqaro Sh.Qobilova davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma (order) ajratish masalasida murojaat qildi. Murojaat davomida fuqaroning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holati va davolanishga ehtiyoji yuzasidan ma’lumotlar tinglanib, masalani belgilangan tartibda vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, fuqaroni davolanish uchun yo‘llanma bilan ta’minlash masalasini mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishga kelishib olindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5