Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Alpomish” mahallasida "Yettilik" faoliyati va aholi murojaatlari nazoratda: Deputat A.Ashurov joylarda tizimli tahlil olib bordi
янв.21
Joriy yilning 10-iyun kuni viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlik nazorati markazida — “Tinchlik” mahallasidagi ta’mirlash ishlari
янв.21
Deputatlik nazorati amalda: “Temiryo‘lchi” mahallasida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati amalda: “Eskishahar” mahallasida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Alisher Navoiy” mahallasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Kokildorota” mahallasida "Yettilik" tizimi nazoratda: PF-209-sonli farmon va deputatlarning “24 ta eng muhim yo‘nalish”i ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Temir yo‘l yoqasidagi mahallalar obodligi deputatlar nazoratida
янв.21
“Alpomish” mahallasida o‘rganishlar davom etmoqda: Ko‘p qavatli uylar atrofi va bolalar maydonchalari nazorat qilindi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining huquq va vakolatlari
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

 “YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN
ISHLAR O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov tumandagi
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” kompleks rivojlantirish dasturi
doirasida tanlab olingan Katta Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib,
hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan
yaqindan tanishdi.


Tashrif davomida mahallada aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, ichki yo‘llarni
ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, ko‘cha yoritish
tarmoqlarini rivojlantirish hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha olib
borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, mahallaning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, xizmat ko‘rsatish va savdo
sohalarini kengaytirish orqali aholi daromadlarini ko‘paytirish masalalari
muhokama qilindi.


O‘rganishlar yakunida mas’ul tashkilotlar rahbarlariga dastur doirasida
belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, infratuzilma
obyektlari qurilishi va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, aholi
murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli
topshiriqlar berildi.
  

Slide 1 of 4