Shu maqsadda Kengash kotibiyati mudiri A. Ashurov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Temirov Kengash deputati X. Fayzullayevning saylov okrugiga qarashli “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘lib, uy-joyi ta’mirlanayotgan fuqaro B. Yalkapov xonadonida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
📋 Mazkur o‘rganishlar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosini nazorat qilish maqsadida tashkil etildi.
🔍 O‘rganish davomida:
✅ qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati;
✅ ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi;
✅ ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi;
✅ xonadon egasining fikr-mulohazalari va mavjud ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.
Yangi O‘zbekistonda inson qadri va ijtimoiy himoya tamoyillari asosida ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida hal etish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarning har bir fuqaroga manzilli yetib borishini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom ettirilmoqda.