Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengash deputati M.Sidiqova saylov okrugiga qarashli “Alisher Navoiy” mahallasida bo‘lib, uy-joyi ta’mirlanayotgan fuqaro S.Nazarova xonadonidagi ishlar jarayoni bilan tanishdilar.
Mazkur tashrif xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
Qurilish va ta’mirlash ishlarining sifat darajasi;
Ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
Ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi;
Xonadon egalarining fikr va mulohazalari.
Aholining ko‘makka muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga joyida yechim topish va davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlarning har bir xonadonga adolatli va manzilli yetib borishini ta’minlashdir.