Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Ashurov shahardagi "Alpomish" mahallasida bo‘lib, mahalla hayotida muhim o‘rin tutuvchi mas’ullar — xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim hamda yoshlar yetakchisining bugungi kundagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺Ushbu o‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-sonli qarorining ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.
💬Tahlil davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🟢Xotin-qizlar faoli faoliyati bo‘yicha: Mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish, "Ayollar daftari" doirasidagi manzilli ko‘mak tizimi;
🟢Ijtimoiy xodim faoliyati bo‘yicha: Ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va o‘z vaqtida yetkazib berilishi;
🟢Yoshlar yetakchisi faoliyati bo‘yicha: Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, "Yoshlar daftari" orqali ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularni tadbirkorlikka jalb etish chora-tadbirlari.
⏺Shuningdek, deputat A.Ashurov mahallada tashkil etilgan “Deputatga murojaat daftari”ga tushgan murojaatlarni atroflicha tahlil qildi.
🟢Daftarga qayd etilgan har bir murojaatning ijro holati, hal etilish muddati va sifati ko‘rib chiqildi;
🟢Aholi tomonidan yo‘llangan muammolarning qay darajada tizimli va o‘z vaqtida hal etilayotganligi tahlil qilinib, haligacha yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari tayyorlash belgilandi.
💬 Muloqot yakunida deputat tomonidan mahalla faollarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, rasmiyatchilikdan qochib, bevosita "xonadonbay" ishlash tizimini samarali tashkil etish hamda aholi murojaatlarini tezkor va ijobiy hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
🫥Maqsadimiz — har bir mahallada tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish orqali xalqimiz farovonligini ta’minlash va aholi roziligiga erishishdir!