Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Tinchlik" mahallasi aholi muammolari nazoratda
янв.21
"Tinchlik" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi!
янв.21
MAHALLIY KENGASHNING ASOSIY VAKOLATLARI: QONUNIY ASOS VA NAZORAT MEXANIZMLARI
янв.21
"SHODLIK" MAHALLASIDA "24 YO‘NALISH" IJROSI TAHLIL QILINDI
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish samaradorligi muhokama qilindi
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi deputatlari “Rishton" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi mavsumga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdilar.

🔹 Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Sobirov, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari” hamda “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiya raislari B. Ermatov, X. Sharipova va O‘zLiDeP tuman kengashi apparati rahbari R. Jamolov ishtirokida “Rishton" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurildi va yozgi mavsumga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

🔹 Tashrif davomida oromgohda mavsumga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, oromgohga olib boruvchi yo‘llarda yo‘l ko‘rsatkich belgilarining yetarli emasligi, tungi vaqtda yoritish tizimi, xususan prozhektorlar o‘rnatilmagani kabi qator kamchiliklar aniqlandi.

🔹 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

🔹 Bolalarning yozgi ta’tili mazmunli, xavfsiz va qulay sharoitlarda o‘tishi deputatlarning doimiy e’tiborida.

Slide 1 of 1