⏺Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
💬O‘rganish davomida "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamjihatligi hamda aholi muammolarini hal etishdagi shaxsiy mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratilib, mahallabay ishlash tizimining natijadorligi, mas’ullarning aholi murojaatlari bilan ishlash holati, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi hamkorlik jarayonlari ko‘rib chiqildi.
🫥Uchrashuv yakunida mahalla vakillariga ish samaradorligini yanada oshirish va aholi bilan tizimli muloqotni kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.