⏺Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda mahalla ahli hudud infratuzilmasini yaxshilashga doir bir qator masalalarni ko‘tardilar.
💬Saylovchilar quyidagi murojaatlarni bildirdilar:
✔️Ichki yo‘llarning holatini yaxshilash va ta’mirlash;
✔️Elektr tarmoqlaridagi mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda tizimni yangilash.
💬Deputat X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni joyida o‘rgandilar. Bildirilgan muammolarni hal etish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
💬 "Aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish — mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etishning eng samarali yo‘lidir. Mahallamiz obodligi va fuqarolarimizning farovonligi bizning asosiy maqsadimiz bo‘lib qoladi," — deydi deputat X.Jurayev.