Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Tinchlik" mahallasi aholi muammolari nazoratda
янв.21
"Tinchlik" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi!
янв.21
MAHALLIY KENGASHNING ASOSIY VAKOLATLARI: QONUNIY ASOS VA NAZORAT MEXANIZMLARI
янв.21
"SHODLIK" MAHALLASIDA "24 YO‘NALISH" IJROSI TAHLIL QILINDI
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish samaradorligi muhokama qilindi
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish samaradorligi muhokama qilindi

⏺Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalasi asosiy mavzu sifatida ko‘rib chiqildi. Mazkur qaror bilan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar belgilangan.

💬Muhokamalar davomida jamg‘arma mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanish, yoshlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning manzilliligini oshirish hamda tizimni takomillashtirish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

💬Xususan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

✔️ ko‘rsatilayotgan yordam turlarini kengaytirish;

✔️ mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish;

✔️yoshlar murojaatlarini tezkor va shaffof ko‘rib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish.

🫥Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqilib, tegishli qaror loyihasi ishlab chiqildi hamda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun tavsiya etildi.

Slide 1 of 3