35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

19¹-modda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot To‘rayevich hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi Angor tumani bo‘limida maktablarda sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, mavsumiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Muloqot yakunida sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha bir qator aniq vazifalar belgilab olindi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3