35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 G‘AMBUR MAHALLASIDA BUNYODKORLIK RUHI: HAR BIR XONADON OBODLIKKA HISSASINI QO‘SHMOQDA!

🌿 Obod mahalla — farovon hayot!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida G‘ambur mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

📍 Xususan, G‘ambur mahallasi Q. Niyoziy ko‘chasida Xalq deputatlari tuman Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati, mahalla raisi To‘rayeva Saxovat G‘aniyevna tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari olib borildi.

🏡 Eng quvonarlisi, ko‘chadagi har bir xonadon egasi o‘z uyi atrofi obodligiga befarq bo‘lmay, ko‘chani yanada chiroyli va fayzli maskanga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shdi.

💧 Ko‘chadagi suv yo‘llari va ariqlar betonlashtirilib, hududning sanitariya-obodonlashtirish holati yaxshilandi.

🤝 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari mahallaga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

🗣 Mahalla oqsoqollari bilan suhbatlashilib, mahalla obodligi yo‘lida faol ishtirok etayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirildi.

💡Yana bir muhim yangilik! Mahallaning 10 foiz soliq tushumlari hisobidan tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari ham boshlandi.

🇺🇿 G‘ambur mahallasida obodlik — umumiy maqsad, bunyodkorlik esa har bir xonadondan boshlanmoqda!

✨ Bir mahalla — bir maqsad — birgalikdagi bunyodkorlik!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 6