35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“Sarvontepa” MFYda amaliy o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati B. Muydinov tomonidan “Sarvontepa” MFY hududida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi bilan uchrashilib, “24 tavsiya”ning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalarni mahalla hududida samarali amalga oshirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahallani obodlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

“24 tavsiya” — mahallalarda amaliy natijadorlikni ta’minlashga xizmat qiladi!

Slide 1 of 2