🟢 Joyiga chiqib o‘rganish: muammo aniqlandi va deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati Mirzayev Turg‘un Yo‘ldoshyevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Xo‘janazarov Shuhrat Beknazarovich tomonidan “Do‘stlik” mahallasida joylashgan 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida 33-DMTT direktorining o‘rinbosari F. Abduabieva bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim tashkiloti hududidagi mavjud muammolar o‘rganildi.
Jumladan, tashkilotning kirish qismida yomg‘irli kunlarda loy bo‘lib qolishi natijasida bog‘chaga keluvchi tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalariga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📌 Ushbu o‘rganish orqali hududdagi mavjud muammo joyida aniqlanib, uni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan amaliy ish boshlandi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.