Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S. Abdulaxatova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Kattabog‘” mahallasi hududida joylashgan 37-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔍 Nazorat davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan muhit, moddiy-texnik bazaning holati hamda muassasa faoliyatining samaradorligi o‘rganildi.

👶 Shuningdek, deputat tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qildi.

✅ O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 6