🌱 O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH — HOSIL VA EKOLOGIYA XAVFSIZLIGI GAROVI
📜 O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrda qabul qilingan “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-877-son Qonuni o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish, fitosanitariya xavfsizligini ta’minlash hamda inson salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan.
📌 Qonunning asosiy maqsadi:
• O‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish;
• Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash;
• Pestitsidlar va boshqa himoya vositalaridan oqilona foydalanish;
• Atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish.
✅ Muhim talablar:
🔹 Ro‘yxatdan o‘tmagan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash taqiqlanadi;
🔹 Kimyoviy vositalarni saqlash, tashish va qo‘llashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi shart;
🔹 Fitosanitariya tadbirlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi lozim;
🔹 Sertifikatlashtirilgan biologik himoya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
🌿 Qonunda biologik usulni qo‘llash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan bo‘lib, bu ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
⚖️ O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.