Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputat tashabbusi bilan maktab hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

🏫 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tashabbusi hamda homiyligi hisobidan “Chag‘atoy” mahallasida joylashgan 28-umumta’lim maktabi hududida betonlash ishlari olib borilmoqda.

🔨 Mazkur bunyodkorlik ishlari maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash, hududning sanitariya holatini mustahkamlash hamda o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan.

🌱 Hududni obodonlashtirish va ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi bunday ezgu tashabbuslar yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun munosib muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

✅ Ayni paytda betonlash ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5