🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashiga “Zolotoy stroy dom” MCHJ masʼul xodimi J.Ismadiyorov tomonidan qurilish sohasidagi soliq masalalari yuzasidan murojaat qilgan edi.
🔸Mazkur murojaat Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Yakubovlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
🔸O‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektlari uchun qurilish sohasida belgilangan soliq imtiyozlari, amaldagi qonunchilik talablari va sohani rivojlantirishga doir dolzarb masalalar tahlil qilindi.
🔸Masʼullar tomonidan tadbirkorga amaldagi soliq qonunchiligi bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi va aniqlangan masalalarni huquqiy doirada hal etish choralari belgilandi va nazoratga olindi.