Янгиликлар

💧 Muammo hal etildi: suv ta’minoti barqarorlashtirildi

📄 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Navruzov Faxriddin Kuzibayevich tomonidan 2026-yil 15-aprel kuni 43-ds-448-26-son bilan Nasos stansiyalari va energetika Shovot tumani bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborilgan edi.

📌 Mazkur deputat so‘rovida Maxtumquli mahallasida joylashgan, UNS balansidagi aholi hamda dehqon va fermer xo‘jaliklariga qarashli yer maydonlarini sug‘orishda muhim ahamiyat kasb etuvchi Shovot kanaliga o‘rnatilgan suv nasosining texnik nosoz holatga kelib qolgani bayon etilgan.

🔧 Tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi natijasida mazkur muammo bartaraf etilib, suv nasosi to‘liq ta’mirlandi va qayta ishga tushirildi.

🌱 Natijada hududdagi aholi hamda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining suv ta’minoti yaxshilanib, murojaat o‘z ijobiy yechimini topdi.