Янгиликлар

📌 “YANGI O‘ZBEKISTON” MAHALLASIDA 40-SON DMTT FAOLIYATI VA DORI-DARMON TA’MINOTI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M.Ro‘zmetov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ro‘zmetov tomonidan tumandagi “Yangi O‘zbekiston” mahallasiga tashrifi davomida 40-son DMTTda olib borilayotgan faoliyat, shuningdek, davlat tomonidan bepul berilayotgan dori-darmon vositalarining mavjudligi va ta’minoti holati atroflicha o‘rganildi.

📊 O‘rganish jarayonida muassasada yaratilgan sharoitlar, bolalarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati hamda dori vositalarining yetarliligi ko‘zdan kechirildi.

✅ Yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5