Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Rotova Anna tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi talablariga muvofiq tarzda tayyorlanib, tumani Obodonlashtirish boshqarmasining birinchi o‘rinbosari K.Inoyatov nomiga yo‘naltirildi.
Deputat so'rovida, “Bo‘ston” mahallasida Nihol va Shabada ko‘chalarining texnik holatini atroflicha o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mazkur ichki yo‘llarda joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish choralarini ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur deputatlik so‘rovi mahalla tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay ijtimoiy muhit yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi.