Янгиликлар

Deputat nazorati

Xalq deputatlari tuman Kengashi 7-okrug deputati Bazarbayeva Feruza Baxtiyarovna, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Aripova bilan birgalikda okrug hududidagi “Xaydarobod” mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

Ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda o‘z vaqtida to‘lash holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Bu kabi o‘rganishlar aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4