Янгиликлар

Piskentda yangi o‘quv yili tantanali boshlandi

Bugun erta tongdan Piskent tumani hokimi, xalq deputatlar tuman Kengash raisi Muzaffar Aripov tumandagi 6-umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

🎉Tantanali marosimda hokim ustoz va murabbiylarni, ota-onalar hamda bilim olishga qadam qo‘ygan o‘quvchilarni qutlab, yangi o‘quv yilida barchaga kuch-quvvat va katta yutuqlar tiladi.

🎁Shuningdek, davlatimiz rahbari nomidan yo‘llangan Prezident sovg‘alari tantanali ravishda birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarga topshirildi. Ularning yuzidagi shodlik va quvonch bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

💠Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, joriy o‘quv yilida Piskent tumanidagi barcha maktablar to‘liq ta’mirlanib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Slide 1 of 4