Maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi
2-sentabr kuni Piskent tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi - 2025/2026-o‘quv yili boshlandi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali tarzda o‘tdi. Unda tuman
hokimligi mas’ullari, deputatlar, mahalla faollari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbirda Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi deputati Ibragimov Azimjon, Bohodir Ozodov, Normurotov Ma’ruf barcha birinchi sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili bilan qutlab, yosh avlodning Vatan ravnaqiga xizmat qiluvchi komil shaxslar bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi.