"UzAuto Motors" AJ Xorazm filiali OYXTTE bo‘linmasi harbiy xizmatchilari ishtirokida “Millat fidoyilari” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashiga 9-Sayapir saylov okrugidan saylangan deputat F.Seydabdullayeva ham ishtirok etib, mazkur kitob haqida batafsil ma’lumot berib, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Ushbu kitob millatimiz fidoyi farzandlarining ibratli hayoti va jasoratini yoritib, Vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.