Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Kazakova Xo‘jaobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida deputat mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qilib, ularning turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolarini joyida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.
Muloqot jarayonida “mahalla yettiligi” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar orqali mahallalarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahallada obodonlashtirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan aniq rejalar ishlab chiqildi.